28 okt 17:18
Yangiliklar
Manamada Osiyo og'ir atletika federaciyasi ijroiya qo'mitasi yig'ilishi bo'lib o'tdi
Yig'ilishda Xalqaro og'ir atletika federaciyasi (IWF) prezidenti Mohammed Hasan Jalood (Iroq), Osiyo og'ir atletika federaciyasi vice-prezidenti, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHaxrillo Maxmudov, shuningdek, qo'mita azolari, turli milliy federaciyalar vakillari ishtirok etishdi.
Majlis davomida qita og'ir atletikasining istiqboldagi rivojlanish yo'nalishlari muhokama qilindi. Jumladan, kelgusi yilgi musobaqalar taqvimi hamda “Los-Anjeles–2028” Olimpiya o'yinlariga yo'llanmalar tizimini shakllantirish jarayoni asosiy mavzulardan biri bo'ldi.
Yig'ilishda, shuningdek, Osiyo miqyosidagi musobaqalarni tashkil etishning tashkiliy jihatlari, sportchilarning tayyorgarligini yanada takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari ham ko'rib chiqildi.




Fikrlar