28 okt 16:57
Yangiliklar
Islam Maxachev UFC 322 oldidan Della Maddalenaning mahoratini yuqori baholadi
"Uning barcha janglarini ko'rdim. Jek yaxshi jangchi. Uning zarbalari kuchli, boksni juda yaxshi biladi. Ammo kurashda unchalik yaxshi emas, har holda parterda qanday ishlashni biladi. Jek himoyalanish, chiqib ketish va yana turishni biladi. Erda ham yaxshi harakat qiladi. Della Maddalenaning zarbalari haqiqatdan ham kuchli, shuning uchun u dunyodagi eng kuchli jangchilardan biri.
Uning himoyasini o'rgandim — ko'pchilik raqiblari uni erga yiqitgan. Hammasi unga teykdaun qilgan. Lekin u parterda o'zini yaxshi his qiladi. Erga yiqilganda, u hech qachon haddan ziyod harakat qilmaydi, sarosimaga tushmaydi va xatoga yo'l qo'ymaydi. Della Maddalena himoyani yaxshi biladi. U juda kuchli jangchiga o'xshamaydi. Unda menikidan ortiq kuchni ko'rmayapman", — dedi Maxachev ESPN’ga.
Fikrlar