So’nggi yangiliklar

19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0 14:44Осиё ўйинларида иккинчи бўлган таэквондо терма жамоамиз Париж Гран-присида қатнашади 0 14:13Лионель Месси афсонавий клубнинг фахрий аъзосига айланди 0 13:42"Бу сафар ақл билан ҳаракат қиламан". Двалишвили — Пётр Янга қарши бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 13:11"Ислам фаолиятидаги энг осон жанг бўлади". Собиқ чемпион Махачевнинг эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 12:40Хайме Мунгия жамоаси мажбурий даъвогар Бектемир Мелиқўзиевга пул таклиф қиляпти 0

25 jan 15:44
Yangiliklar

Tennis

"Ularning har biri O'zbekistonga aloqador bo'lgan". Iroda To'laganova Rossiyadan bizga o'tganlar haqida gapirdi

O'zbekiston tennis federaciyasi raisi o'rinbosari Iroda To'laganova Rossiyadan mahalliylashtirilgan tennischilarning o'tish tafsilotlari bilan o'rtoqlashdi.

2025 yilning oxirlarida Mariya Timofeeva, Kamilla Rahimova, Polina Kudermetova va Aleksandra Barmicheva O'zbekiston sport fuqaroligini olgandi.

— Har bir "transfer" bo'yicha aytib bera olasizmi? Terma jamoangizda rossiyalik tennischilar qanday paydo bo'ldi? Kim tashabbuskor bo'ldi?

— Ularning har biri qaysidir manoda O'zbekiston bilan bog'liq edi. SHuning uchun ular mamlakatimiz nomidan ishtirok etishni tanlashdi, biz esa o'z o'rnida ularni tanladik. Masalan, Mariya Timofeevaning ota-onasi bir yilcha avval Toshkentga doimiy yashash uchun ko'chib kelgan. Bungacha ularda Gruziyada bo'lishgandi, keyin sayyohat uchun O'zbekistonga kelishdi, ularga bu er juda ham yoqib qoldi. SHu tariqa bizning Mariyaga taklifimiz yuzaga keldi.

SHuni aytishim kerakki, biz uchun o'ynashni xohlaydigan tennischilarni ko'rib chiqayotganimizda, Mariyaning ota-onasi misolida bo'lgani kabi nozik jihatlarni o'rgandik. Ularga berilgan birinchi savol: Rossiya tennis federaciyasi bilan qandaydir majburiyat yoki shartnomangiz bormi? Agar shunday bo'lsa, tennischi biz uchun qiziqarli bo'lsa ham, suhbatni davom ettirmadik. Bu erda ko'p narsa tennischiga bog'liq edi. Agar unda chindan ham xohish bo'lsa, uning o'zi sport fuqaroligini o'zgartirishga tayyor bo'lsa, biz muloqotni davom ettirdik.

Kamilla Rahimovaning onasi O'zbekistonda tug'ilgan va sobiq Ittifoq davrida tennis bo'yicha respublikamiz sharafini himoya qilgan. Polina Kudermetova hozirda uning boyfrendi, yani yigiti bo'lgan o'zbekistonlik murabbiy Ravshan Sultonov bilan ishlagan.

Aleksandra Barmicheva haqida gapirsak, u bizga turnirga kelgan. W15 musobaqasiga saralashdan o'tgan va u erda biz shartnoma imzolagan litvalik Layma Vladsonga qarshi o'ynagan. Aleksandraning kortdagi harakati menga yoqdi: o'yin, qaror qabul qilish, xarakter. Biz ulardan O'zbekiston nomidan o'ynash haqida so'radik. Ular moliyaviy yordamdan voz kechishlarini va mamlakatimiz nomidan ishtirok etishga tayyor ekanliklarini aytishdi. Suhbat qisqa bo'ldi. Albatta, biz viza masalalari, mashg'ulot jarayonlari, yig'inlarda yordam beramiz. Ammo ular asosiy tennis harajatlarini o'zlari qoplashadi", - deya To'laganovning so'zlarini keltiradi "Sport-Ekspress" nashri.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing