23 fev 08:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Ulug'bek Sobirov Ukrainada kuchli raqibga qarshi ringga chiqdi
Ukrainaning Kiev viloyati Brovari shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshom doirasidagi qiziqarli janglardan birida hamyurtimiz Ulug'bek Sobirov (9-1, 5 KO) ukrainalik Dmitriy Mitrofanov (8-0-1, 5 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi. O'rta vazn toifasi vakillari o'rtasidagi ushbu jang sakkiz raundga mo'ljallangandi. Jang to'liq davom etdi va g'olib nomi hakamlar qaroriga ko'ra aniqlandi.
Afsuski, hakamlar sakkiz raundning barchasida ukrainalik bokschi g'alaba qozonganini etirof etib, yakuniy g'alabani Mitrofanovga berishdi. Bu Ulug'bek Sobirovning faoliyatidagi ilk mag'lubiyat bo'ldi. CHarm qo'lqop ustamiz bundan avvalgi barcha 9 ta jangda g'alaba qozongan, janglarning 5 tasida raqiblarini nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar