29 mar 17:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Umar Kremlyov AIBA prezidenti bo'lish istagini bildirdi
Rossiya boks federaciyasi bosh kotibi Umar Kremlyov Xalqaro olimpiya qo'mitasiga ochiq xat bilan murojaat qildi.
Kremlyov Xalqaro boks associaciyasi (AIBA)ning hozirgi mavjud 16 million dollarlik qarzini ham qoplashga vada bergan.
"Hayotimni boksga bag'ishlaganman. Umrimning qolgan qismida ham sport turimizni butun dunyoda yanada ommalashtirishga harakat qilaman. Ayni paytda AIBAning mavjud qarzlarini qoplashdan xursand bo'lardim. Eng muhimi, boks Olimpiadada qolsin. Oliy orzuimiz shu!", - dedi Kremlyov.
Eslatib o'tamiz, o'tgan haftada hamyurtimiz G'ofur Rahimov Xalqaro olimpiya qo'mitasining uzluksiz bosimidan so'ng o'z xohishiga binoan AIBA prezidentligidan ketgan edi. Hozirda boksning Olimpiada-2020 dasturida bo'lishi so'roq ostida qolmoqda.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar