28 iyu 09:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Umar Kremlyov AIBA qarzlarini yopishga tayyor
Rossiya boks federaciyasi bosh kotibi Umar Kremlyov AIBA qarzlarini yopishga tayyor ekanligini aytib o'tdi.
Avvalroq, AIBA ijroqo'mi azolari tashkilotning hozirgi prezidenti Muhammad Mustasanga o'z noroziliklarini bildirishgandi.
"AIBA prezidenti sifatida saylanish haqida o'ylamayapman. Biz Mustasanga norozilik votumini bildirdik. Endi yangi rahbariyatni saylash lozim. Tashkilot qarzlari taxminan 16 million dollarni tashkil etadi. Menda haliyam qarzlarni uzish niyati bor, ammo tashkilotni yangilash va bankrotlikka yo'l qo'ymaslik kerak", - dedi Kremlyov.
Havola :
Manba : TACC
Fikrlar