05 jan 13:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Umar Nurmagomedov faoliyatidagi eng qiyin jangi qaysi ekanini esladi
Eng engil vazn toifasida UFC chempionligi uchun davogar rossiyalik Umar Nurmagomedov hozirgacha o'tkazgan eng qiyin jangi haqida gapirdi.
19 yanvar kuni Umar Los-Anjeles (AQSH)da o'tkaziladigan UFC 311 turniri doirasida gruziyalik chempion Merab Dvalishviliga qarshi jang qiladi.
"Agar Dvalishvili bilan jangni oson pullar desam, odobsizlik bo'ladi. Umuman olganda, men Merab haqida unday o'ylamayman. U yaxshi jangchi. Ammo o'ylashimcha, mening vaznimdagi eng qiyin muammo bu - Kori! U bilan bellashuv hayotimdagi eng og'ir jang bo'lgandi", dedi Nurmagomedov.
Kori Sendxagen va Umar Nurmagomedov jangi o'tgan yilning avgust oyida tashkil etilgandi. O'shanda Umar ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar