17 okt 07:26
Yangiliklar
Qilichbozlik
“Umid” musobaqasida eng kuchli rapirachilar aniqlandi
Poytaxtimizda qilichbozlik bo'yicha “Umid” sovrini uchun yoshlar o'rtasida Respublika ochiq turniri davom etmoqda.
Reglamentga ko'ra, kecha rapira qurolida yakkalik bahslari o'tkazildi. Qo'shni Qozog'iston jamoasi vakillari ham qatnashayotgan turnirning kechagi kunida hamyurtlarimizning qo'li baland keldi.
Qizlar o'rtasida Kamola Azimova g'alaba qozongan bo'lsa, yigitlar o'rtasida 16 yoshli Baxtiyor Sobirjonov barcha raqiblarini mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Bugun ushbu qurol bo'yicha jamoaviy yo'nalishda g'olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar