So’nggi yangiliklar

06:58Мадагаскар Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди 0 06:37Майами WTA 1000 турнири бош соврини ҳам "лимон" кимга насиб этди? 0 06:16Мозес Итаума - Жермейн Франклин жангида нокаут қайд этилди 0 18:17"Учрашувда" — Царукян Нина Драма билан тушган сурати орқали Пулласни "тролл" қилди + ФОТО 0 17:29"Реал" "янги Вальверде"ни кузатмоқда 0 17:04Райан Гарсия навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди 0 16:23Макгрегор Махачев ва Перейра жанглари савдосига кулиб қўйди 0 15:57Шевченко Хабибнинг ММАдаги аёллар борасида билдирган эътирозини жавобсиз қолдирмади 1 15:29Аргентина бош мураббийи Лионель Мессининг ЖЧ-2026`да иштироки ҳақидаги вазиятни изоҳлади 0 15:08Макгрегор UFC’да яна бир ўзига хос рекорд эгасига айланди 0 14:47Царукян Пулласнинг Нина Драмани 10 000 евро эвазига учраштириш таклифига кескин жавоб берди 0 14:26Исраэль Адесанья Брюс Лини зиёрат қилди + ФОТО 0 14:05Саломон Рондон: "АПЛдаги хет-триким унутилмас, лекин Ўзбекистонга қарши ўйинда буни такрорлаш қийин" 0 13:39Де Ла Хойя "The Ring" журналини Туркига сотиб юборганидан афсусда 0 13:17Жавоҳир Синдаров иштирок этадиган "Номзодлар турнири" тақвими билан танишинг 0

05 mar 10:45
Yangiliklar

Boks/MMA

Umrining qolgan qismini qamoqda o'tkazishi mumkin bo'lgan sobiq UFC chempionining ishi bo'yicha tafsilotlar

Teglar :  Keyn Velaskes
Farzandi bilan nomaqbul munosabatda bo'lgan shaxsga nisbatan qotillik qilishga uringan sobiq chempion Keyn Velaskes ishi bo'yicha tafsilotlar malum bo'ldi.

So'nggi 12 soat ichida bir necha UFC jangchilari ijtimoiy tarmoqlar orqali sobiq chempionni qo'llab-quvvatlashlarini bildirishdi. Ular orasida Xabib Nurmagomedov, Islam Maxachev, Israel Adesanya va boshqa jangchilarni ko'rish mumkin. Nima uchun butun dunyo aralash yakkakurashlari ustalari 39 yoshli faxriyni himoya qilishmoqda?

2022 yil fevral oyining oxirida Velaskes qotillikka urinish aybi bilan Santa-Klara (Kaliforniya) policiyasi tomonidan qo'lga olindi. Kuni kecha sud majlisi bo'lib o'tdi va unda voqea tafsilotlari malum qilindi.

Santa-Klara prokurori ofisining ESPNga xabar qilishicha, Keynga 10 ta ayblov qo'yildi: qotillikka urinish, mashinadagi odamlarga o'q uzish, qurol bilan hujum qilgani uchun uchta ayblov, halokat darajasi yuqori bo'lgan qurol bilan hujum qilgani uchun yana uchta ayblov, transport vositasiga quroldan ataylab o'q uzish va jinoyat sodir etish maqsadida o'qlangan qurol olib yurish.

Agar sud Velaskesni o'nta ayblovning beshtasi bo'yicha ham aybdor deb topsa, sobiq chempion 20 yil umrini qamoqda o'tkazishiga to'g'ri keladi. SHu o'rinda eslatib o'tish kerak, Kaliforniya shtatida o'lim jazosi mavjud va bu Keynga ham xavf solishi mumkin. Ko'rib turganingizdek, vaziyat juda qaltis. Xo'sh, sobiq chempionning bunday yo'l tutishiga nima sabab bo'ldi?

Prokuraturaning malum qilishicha, Velaskes o'z farzandiga nopok munosabatda bo'lgan 43 yoshli Garri Gulartening avtomobiliga 40-kalibrli qurolidan o'q uzgan. Middleeasy axborot manbasi xabariga ko'ra, yaqin qarindosh deyilayotgan shaxs bu - Keynning qizi edi. Velaskesning 13 yoshli qizi va 4 yoshli o'g'li bor. Chevy Silverado rusumidagi avtomobilda Gularte bilan birga uning ota-onasi ham bo'lgan. Velaskes avtomobilga o'zining Ford rusumli pikapi bilan zarba bergan.

Otishma natijasida Velaskes nishonga olgan Gularte emas, uning otasi yaralangan. SHifokorlar jarohat 63 yoshli shaxsning hayotiga jiddiy xavf tug'dirmasligini takidlashmoqda. SHuningdek, policiyada Gularte bilan bog'liq ayblovlar ham bor edi. 23 fevral kuni Gularte Keynning farzandi bilan nomaqbul munosabatda bo'lganlikda gumon qilindi. Jabrlanuvchi so'roq qilindi. Policiyaning aytishicha, Gularte Velaskesning farzandiga bir necha bor shunday munosabatda bo'lgan.

SHerif idorasining xabar berishicha, Gularte voyaga etmagan bolaga nisbatan bir necha marta tajovuzda ayblanib, Santa-Klara okrugida qamoqqa olingan. U 25 fevral kuni Santa-Klara okrugi Oliy sudida aybdor deb topildi, ammo tuman prokurorining etirozlari tufayli 50 000 $ garov puli evaziga ozod qilindi. Bu qarordan so'ng Velaskes adolatni o'z qo'liga olishga kirishdi.

Tuman prokurori birinchi sud majlisidan keyin juda vazmin va extiyotkor izoh berdi:

"Fojia shundaki, janob Velaskes adolatni o'z qo'liga olishga qaror qilib, jamoatchilik va mashinadagilarni xavf ostiga qo'ydi. Bu zo'ravonlik uning oilasiga yanada ko'proq azob-uqubatlarni keltirib chiqaradi".

Og'ir vaznda Bellatorning amaldagi chempioni Rayan Beyder Velaskes hayotdagi eng hurmatga sazovor inson ekanligini aytdi.

"Bu xabarni birinchi bor eshitganimda, bu erda ko'proq narsa bor deb o'yladim. Keyn bilan uzoq vaqtdan beri tanishman va u qo'rqinchli ko'rinishiga qaramasdan, sayyoramizdagi eng yaxshi, eng g'amxo'r yigitlardan biri, u haqiqiy oilaparvar. U o'zini boshqacha tuta oladimi? Siz qanday munosabatda bo'lar edingiz", - deya takidlagan Beyder.

Eng asosiysi, sobiq chempionni amerikalik hamkasblari ham himoya qilmoqda: "Farzandingizni zo'rlagan odamni otishingiz taqiqlangan davlatda yashay olmayman. #FreeCain".

Reyting:    

Fikrlar

   
05 mar 18:30:01
Ziyovuddin
Мана Американинг хакикий юзи . бировнинг боласига зурфвонлик килган одамни химоя килаётган бундай конун судяларни куринг тавба тавба
   
05 mar 13:34:03
Азиз Газиев
Манимача Веласкесни бу воқеаларда энг катта қайғуга солаётган нарса бу уқнинг нишонга тегмагани.
50 000 $ гаров пули олиб ёш болага зуравонлик қилган ифлосни қуциб юбораётган судга лаънатдан бошқа нарса ёғдириш мумкин эмас.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing