24 mar 19:38
Yangiliklar
Boks/MMA

"Umumiy rekord 57-0". Xabibning murabbiyi aka-uka "Burgutlar" chempion bo'lishiga ishonadi
AKA jamoasi ustozi Xaver Mendes ijtimoiy tarmoqlarga "Bellator" jangchisi Usman Nurmagomedov bilan mashg'ulot jarayonidan foto joyladi.
"Bo'lajak chempion Usman Nurmagomedov bilan mashg'ulot o'tkazaman. Umar Nurmagomedov ham chempion bo'ladi. Uchalasining (Xabibni qo'shib hisoblaganda) umumiy rekordi 57-0, tez orada ular barchasi chempionlik kamariga ega bo'ladi", - deb yozgan murabbiy ijtimoiy tarmoqlarda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar