So’nggi yangiliklar

18:10UFC Fight Night 273 турнирининг асосий жанги эълон қилинди + ПОСТЕР 0 17:49Каземиро Лионель Мессининг жамоадошига айланиши мумкин 0 17:28NUR-HAS Karate сарҳадлари кенгаймоқда. Марказнинг АҚШда бўлими очилади 0 17:07Расман! Рамирес vs Бенавидес: икки вазн чемпионларининг жанги тасдиқланди 0 16:46Чимаев вазн тоифасини ўзгартириб, иккинчи UFC камари учун жанг қилади 0 16:25"Арсенал" Леау билан музокара ўтказди, "Милан" футболчини 75-80 млн еврога сотишга тайёр 0 16:04Қишки Олимпиадада олтин медаллар сони бўйича рекорд ўрнатилди 0 15:43Жейк Пол синган жағида иккинчи жарроҳлик амалиётини ўтказди + ФОТО 0 15:22Яримоғир вазнда вакант бўлган UFC камари учун жанг ўтказилади 0 15:01ОКМК Аҳмадалиевни "Бунёдкор"дан қанчага сотиб олгани маълум 0 14:40Тошкент мезбонлигидаги Octagon League`нинг асосий жанги Шоҳасан Мирзаматов иштирокида камар учун ўтказилади + ПОСТЕР 0 14:19Милан ва Кортина-2026. Медаллар жамғариш бўйича вазият қандай? 0 13:58Dubai Duty Free Tennis Championships. Свитолина иккинчи финалчи! 0 13:37"Челси" амалдаги "Олтин тўп" соҳибини ўз сафига қўшиб олмоқчи 0 13:16Қишки Олимпиада-2026. Мусобақанинг ўн еттинчи кунги барча натижалари битта хабарда 0

22 avg 02:09
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Tokio-2020

Umumjamoa hisobida ilk bor 21-o'rindamiz, MDHda esa ikkinchimiz!

Ikki hafta barchamizni birdek hayajonda ushlab turgan Rio-2016 Olimpiadasi o'z yakuniga etdi.

Sayyoramizning 207ta mamlakati sportchilari ana shu kunlar mobaynida medallar jamlanmasi uchun bahslarda ishtirok etishdi. Quvonarlisi, to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi O'zbekiston sporti tarixi zarvaraqlariga oltin harflar ila bitiladigan bo'ldi.

Terma jamoamiz sportchilari yakunda 4ta oltin, 2ta kumush, 7ta bronza, jami 13ta medal bilan umumjamoa hisobida 207 davlat orasida 21-o'rinni egalladi. Hali tarixda bunaqasi bo'lmagandi. Bu natija bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi hamda Boltiqbo'yi mamlakatlari orasida Rossiyadan so'ng ikkinchi o'rinni egalladik. Qozog'iston terma jamoasi 3ta oltin, 5ta kumush, 9ta bronza medali bilan 22-pog'onadan joy oldi.

Medallar jamg'arish bo'yicha AQSH terma jamoasiga etadigan mamlakat topilmadi. Amerikaliklar jami 121ta medalni qo'lga kiritishdi. SHulardan 46tasi oltin, 37tasi kumush, 38tasi bronza medallaridir. Ikkinchi o'rinni Buyuk Britaniya terma jamoasi band etdi. Ularning umumiy medallar soni 67tani tashkil qildi. Oltin medallar soni 27ta, kumush 23ta, bronza esa 17tadan iborat bo'ldi.

Xitoy terma jamoasi uchinchi o'rindan joy oldi. CHin yurti jamoasi 26ta oltin, 18ta kumush, 26ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Olimpiadada jami 59ta davlat terma jamoalari kamida bir nafar Olimpiada chempioniga ega bo'lishdi. Etmish uchta terma jamoa hisobida esa kamida bittadan kumush medal bor. Sakson ettita mamlakat terma jamoasi esa kamida bittadan bronza medaliga ega bo'ldi.

MEDALLAR JAMG'ARISH. TOP-10

1. AQSH – 121 (46-37-38)

2. Buyuk Britaniya – 67 (27-23-17)

3. Xitoy – 70 (26-18-26)

4. Rossiya – 56 (19-18-19)

5. Germaniya – 42 (17-10-15)

6. Yaponiya – 41 (12-8-21)

7. Franciya – 42 (10-18-14)

8. Janubiy Koreya – 21 (9-3-9)

9. Italiya – 28 (8-12-8)

10. Avstraliya – 29 (8-11-10)

... 21. O'ZBEKISTON – 13 (4-2-7)

Reyting: +8   

Fikrlar

   
22 avg 11:34:57
BOBURSHOH
Olimpiya medallar reytingini tuliq jadvalini yuklanglar qaysi davlatlar nechanchi o'rinda ekanini aniq bilib olaylik iloji bulsa oldindan rahmat
   
22 avg 08:07:42
NURMUHAMMAD SOBIROV!
Olamsport.comning barcha xodilariga rahmat! Bundan keyingi ishlaringizga rivoj. Charchamang do'stlarim!
   
22 avg 07:13:02
Chiroqchi sity
BARCHANI TABRIKLAYMAN BU NATIJA BILAN. ILOHIM TOKIYO-2020 DA KAMIDA 10 TALIKKA KIRAMIZ. OLAM SPORT SIZLARGA ESA JUDA KATTA RAXMATLAR AYTIB QOLAMIZ. BIR GURUX YIGITLAR SIZLARNING SAYTLARINGIZDA XAR KUNI 100 MARTALAB OLIMPADA XAQIDA MALUMOT OLIB TURDIIK. CHARCHAMANGLAR JAMOA AXLI!!!
   
22 avg 06:34:06
umatillayev
Ajoyib! Olimpiada bizga unitilmas damlarni taqdim etdi. Bizni bilmaydigan ko'plar endi "O'zbekiston" desa, "Uzbek! I know" deyishadi. Yakuniy reytingda bizdan keyinda turgan davlatlar, bizning sportchilarimizga mag'lub bo'lganlarning yurtdoshlari, dunyodagi boks muhlislari va boshqa bir qancha omillar tufayli biz dunyoga yetakchi sport yurti, boks mamlakati, deya tanildik. Buning uchun barcha olimpiyachilardan cheksiz minnaddormiz! Siz Olamsport ijodkorlari ham bizning har qanday iltimoslarimizni bajarganingiz uchun, tinimsiz yuqori tezlikda ishlab bizni bu saytga kuniga 10-20 martalab kirishga sabab bo'lganingiz uchun behad minnaddormiz! Rahmat! Barchaga Rahmat!
   
22 avg 05:24:24
Baxtiyor_Nazarov_Tta
XUDO XOXLASA KEYINGI OLIMPIADADA KUCHLI 10 TALIKKA KIRAMIZ, SHUNI TILAYMAN!!! DELEGATSIYAMIZ 100 TADAN OSHADI, ILOYIM!!!
   
22 avg 05:23:35
Baxtiyor_Nazarov_Tta
XUDO XOXLASA KEYINGI OLIMPIADADA KUCHLI 10 TALIKKA KIRAMIZ, SHUNI TILAYMAN!!! DELEGATSIYAMIZ 100 TADAN OSHADI, ILOYIM!!!
   
22 avg 05:06:29
Юсуф
R
   
22 avg 04:41:36
MAruf_1214
Salom aziz do`stlar TELEGRAMda futbol ishqibozlari uchun juda ajoyib kanal ishga tushurildi futbol xabarlaridan Telegram orqali ham habardor bo`ling https://telegram.me/joinchat/CfvFCEBhLxF3wuyW0H79jQ
   
22 avg 02:51:07
ellboy
qoil barchasi uchun katta RAHMAT
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing