17 jan 10:12
Yangiliklar
Futbol
Unai Emeri - APLda o'tgan oyning eng yaxshi murabbiyi
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri "oyning eng yaxshi murabbiyi" mukofotiga sazovor bo'ldi.
Bu haqda APL rasmiy bayonotida malum qilindi. Ispaniyalik murabbiy qo'l ostidagi jamoa dekabrda 6 o'yinda maydonga tushib, 5 ta g'alabaga erishdi.
Ushbu mukofot Emerining Angliyadagi mehnatiga navbatdagi etirof bo'lib, "Aston Villa"da amalga oshirayotgan loyihasining muvaffaqiyatli ekanini tasdiqlaydi. Ayni paytda klub mavsumning ikkinchi yarmida ham ijobiy natijalarni saqlab qolish va yuqori o'rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan.
Birmingemliklar hozir APL musobaqa jadvali 43 ochko bilan uchinchi pog'onada ketmoqda.

Havola :
Fikrlar