So’nggi yangiliklar

11:13Пролига. Бугун 1-тур якунланади 0 10:52UFC Қозоғистонга шу йилнинг ўзидаёқ кирмоқчи 0 10:31Осиё чемпионати: Ботиров ва Цицуашвили олтин учун гиламга чиқади, яна уч курашчимизда бронза медали учун имкон бор 0 10:10Азизбек Темиров жанг қиладиган RIZIN турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 09:49Sofascore. "Башакшеҳир" дуранг ўйнади. Шомуродов неча баҳо олди? 0 09:28Эркебулан Токтар жангни сотгани ҳақидаги гап-cўзларга жавоб қайтарди 0 09:00Полина Кудерметова Мадридда муваффақиятли старт олди 0 08:32Осиё чемпионати. Бугун 6 нафар ўзбекистонлик боксчи ярим финалда рингга кўтарилади 0 08:07Суперлига. Бугун 6-турга старт берилади 0 00:14Муҳаммадзоҳид Суяров — Grenke Chess Open 2026 чемпионига айланди! 0 19:20Икки нафар боксчимиз Осиё чемпионати финалида, яна икки нафарида бронза 0 18:50Тимофеева Австрия турнири саралаши финалида кортга чиқди 0 18:26Нейт Диасга Конор Макгрегор билан жанг таклиф қилинди(ми?) 0 18:01Абдуқодир Ҳусанов: "Пеп Гвардиоладан жуда миннатдорман" 0 17:39"Махачев кучлими ёки Нурмагомедов?" - Царукян жавоб берди 0

08 dek 12:15
Yangiliklar

Kurash

"Universal"da o'tgan “O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori kubogi”dan FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida “Besh tashabbus olimpiadasi” dasturi doirasida “O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori kubogi” musobaqalari nihoyasiga etdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi  4881-sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida “Besh tashabbus olimpiadasi” dasturi doirasida “O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori kubogi” musobaqalari nihoyasiga etdi. Viloyatlardan tashrif buyurgan 80 nafardan ziyod polvon g'oliblik yo'lida murosasiz bellashuvlarda kuch sinashishdi.

Qiz bolalar o'rtasida kechgan bellashuvlarda Malohat Bobonazarova (Qashqadaryo), Marhaboxon Xabibullaeva (Andijon), Gulirano Suvonqulova (Navoiy), Amina Mamedova (Toshkent shahri), Dilshoda Amirova (Qashqadaryo), Mohiniso Sabrieva (Buxoro)larga teng keladigan raqiba topilmadi.

O'g'il bolalar o'rtasida bo'lib o'tgan bellashuvlarda Quvonchbek Narzullaev (Qashqadaryo), Muhammadrasul G'aniev (Farg'ona), Quvonch G'aybullaev (Qashqadaryo), Umid Rayimov (Jizzax), Otabek Nurmatov (Qashqadaryo), Jasur Taganov (Qashqadaryo)lar shohsupaning eng yuqori pog'onasidan o'rin egallashdi.

G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan tasis etilgan diplom, medal va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing