16 mar 10:07
Yangiliklar
Futbol

"Unwanted boys" "Bunyodkor" futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi
O'zbekistondagi taniqli media-futbol klubi "Unwanted boys" yirik transferni elon qildi.
Jamoa O'zbekiston Superligasi ishtirokchisi — "Bunyodkor"dan Ikrom Erkinovni o'z safiga qo'shib oldi. Oldinroq, klubni tajribali SHahriyor Jabborov tark etgandi.
Malumot uchun, 22 yoshli Erkinov hujumchi poziciyasida o'ynaydi. Ikrom shu kunga qadar "Bunyodkor-2" klubida to'p tepib kelayotgandi. U bundan tashqari, "Olimpik" libosida ham harakat qilgan.
"Unwanted boys" 30 mart kuni Buxoroda Rossiyaning taniqli media-futbol klubi — "Broke boys" bilan o'ynaydi.
Havola :
Manba : t.me/UnwantedBoys_official
Fikrlar