12 may 09:14
Yangiliklar
Uorren Uordlining Dyubua bilan revansh huquqiga ega ekanligini aytdi
"SHartnomada revansh jangi to'g'risida band bor, - dedi har ikki bokschining manfaatlarini himoya qilayotgan promouter Frenk Uorren. — Ozgina vaqt o'tsin, kutaylik. Yaqin bir necha oy ichida superog'ir vaznda ko'p narsa sodir bo'ladi, keyin esa ko'ramiz.
Ammo Dyubua qaytib keladi, Fabio ham hech qayoqqa ketmaydi. U qaytib keladi. U mard va jasur yigit. Ikkala yigit oldida ham shlyapamni echaman", - deya qo'shimcha qildi Uorren.
Uordli sobiq jahon chempioni Dyubuaga qarshi birinchi chempionlik himoyasidan oldin kichik favorit bo'lgan va jang boshida uni ikki marta nokdaunga uchratgan. Ammo keyin Dyubua tashabbusni qo'lga olishga va o'n birinchi raundda muddatidan oldin g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lgandi.
"Bu ajoyib jang edi. Rahmat, Fabio, - dedi Dyubua. — Menda jasorat etarli. Men nokdaunlarni engib o'tib, jangga qaytdim. Unga ajoyib jang uchun minnatdorlik bildiraman. U bilan ringda uchrashish men uchun sharaf edi".

Fikrlar