So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

30 sen 13:21
Yangiliklar

Futbol

Urugvayning asosiy futbolchilari O'zbekistonga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin

Teglar :  Urugvay
Urugvay terma jamoasi futbolchilari jarohat olishgan.

Xabaringiz bor, yaqinlashib kelayotgan FIFA kunlarida O'zbekiston milliy terma jamoasi ikki karra jahon chempionlari Urugvay terma jamoasiga o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Uchrashuv 13 oktyabr kuni Malayziyada o'tkazilishi rejalashtirilgan. Urugvay terma jamoasining ikki nafar asosiy futbolchisi - hujumchi Darvin Nunes va himoyachi Xose Mariya Ximenes, O'zbekistonga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin. Yozda "Al Hilol" safiga ko'chib o'tgan hujumchi o'tgan hafta mashg'ulotlardan birida tizzasidan jarohat olgan va ayni damda jarohatdan tiklanish jarayonida. SHu sababli, Nunes Elit OCHL doirasidagi "Nasaf"ga qarshi uchrashuv qaydnomasidan o'rin olmadi va Qarshiga kelmadi. Riyod klubi bosh murabbiyi Simone Inzagi matbuot anjumanlaridan birida Nunes FIFA kunlari davomida jarohatidan to'liq tiklanib olishi haqida aytib o'tdi.

"Atletiko" himoyachisi Xose Mariya Ximenes esa KJCHda olgan jarohatidan tiklanmoqda. Urugvaylik himoyachi so'nggi bor, 20-iyun sanasida KJCH doirasida o'tkazilgan "Atletiko" - "Sietl Saunders" o'yinida maydonda harakatlangan edi. Mundo Deportivo malum qilishicha, Ximenes jamoaviy mashg'ulotlarga qaytib ulgurgan, ammo shanba kuni o'tkazilgan "Real"ga qarshi o'yin qaydnomasidan o'rin olmagan edi. SHuningdek, urugvaylik jurnalist Xaver De Leon malum qilishicha Ximenes Urugvay terma jamoasining oktyabr oyidagi yig'inlariga chaqirilish ehtimoli kam.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing