01 sen 10:25
Yangiliklar
Tennis
US Open. Karolin Voznyackining yurishi davom etmoqda
Dunyoning 71-raketkasi Karolin Voznyacki "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatining to'rtinchi davrasiga yo'l oldi.
Daniyalik tennischi uchinchi bosqichda WTA reytingida 143-pog'onadan joy olgan franciyalik Jessika Ponsheni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/2. Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Etmish besh daqiqa davom etgan bahsda Voznyacki 3, Ponshe 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Voznyacki US Open to'rtinchi davrasida Beatris Xaddad Mayyaga qarshi kortga chiqadi. Braziliyalik tennischi o'z o'rnida rossiyalik Anna Kalinskayadan 6/3, 6/1 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar