30 avg 09:25
Yangiliklar
US Open. Sayyoramizning birinchi raketkasi raqibasiga bitta geym berdi
Umumiy mukofot jamg'armasi 26 million 440 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi yilning so'nggi "Katta Dubulg'a" turnirida uchinchi davra ishtirokchilari malum bo'lyapti. Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Iga Svyontek ortiqcha qiyinchiliksiz g'alabaga erishdi. Polshalik tennischi WTA reytingida 217-pog'onada borayotgan yaponiyalik En SHibaxaraga bittagina geym sovg'a qildi - 6/0, 6/1.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Oltmish olti daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 4 ta eys, 5 ta breyk qayd etdi. Bitta ham qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Endi u uchinchi bosqichda italiyalik Elizabetta Kochchiarettodan ustun kelgan rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkovaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar