07 apr 19:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik aka-uka Klichkolar Ukrainani tark etish qaroriga qanday munosabat bildirganini aytib berdi
Og'ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO yo'nalishlari bo'yicha jahon chempioni Aleksandr Usik aka-uka Klichkolar Vitaliy va Vladimirning britaniyalik Entoni Joshua bilan jangga tayyorgarlik uchun Ukrainani tark etish qaroriga munosabati haqida gapirdi.
"Ular bilan gaplashdim. Vladimir ham, Vitaliy ham mashg'ulotlarga borishimni qo'llab-quvvatladilar. Ammo, bu juda qiyin qaror edi. Buni qabul qildim va ayni damda bu erda Entoni Joshua bilan revansh jangiga tayyorgarlik ko'ra boshladim", - dedi Usik You Tube'dagi Blockasset kanaliga bergan intervyusida.
Usik va Joshua o'rtasidagi birinchi to'qnashuv The Ring nashriga ko'ra 2021 yilning eng yaxsh jangi deb tan olingandi. Qarama-qarshilikda 12 raund natijasiga ko'ra — 116-112, 117-114, 115-113 hisobida ukrainalik bokschi g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar