18 sen 06:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik – birinchi og'ir vazn toifasida yangi WBO chempioni!
Polshaning Gdansk shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida ukrainalik 29 yoshli Aleksandr Usik birinchi og'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni polshalik 30 yoshli Kshishtof Glovackiyga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang 12 raund davom etdi va g'olib nomi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Hakamlar bir ovozdan London-2012 Olimpiadasi chempioni Aleksandr Usikning g'alabasini taminlashdi. 119-109, 117-111, 117-111 hisobida g'alaba qozongan ukrainalik bokschi ushbu yo'nalishning yangi chempioniga aylandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar