13 jan 11:32
Yangiliklar
![](/upload/storage/26565_220.jpg)
Usik - Briedis: Bokschilar oladigan gonorar summasi malum
Bo'lajak jangda WBO yo'nalishi chempioni ukrainalik Aleksandr Usik (13-0-0, 11 KO) WBC chempionlik kamari sohibi latviyalik Mayris Briedisga (24-0-0, 18 KO) qarshi ringga ko'tariladi.
Ushbu jang 27 yanvar kuni Latviya poytaxti Riga shahrida bo'lib o'tadi. Superseriyaning ikkinchi yarim final jangi esa 3 fevral kuni Sochi shahrida rossiyalik Marat Gassiev hamda germaniyalik Yunier Dortikos o'rtasida o'tkaziladi.
Malumotlarga ko'ra, Usik - Briedis hamda Dortikos - Gassiev jangidagi to'rt bokschining bari 800 000 dollardan gonorar olishadi. Juftliklarda g'olib bo'lgan bokschilarga yana 800 000 dollar mukofot puli beriladi.
Etiborlisi, final jangi qatnashchilari o'z hamyonlarini
2 million dollarga boyitib olishadi. Yakunda chempion bo'lgan charm qo'lqop ustasiga
yana qo'shimcha 2 million dollar taqdim etiladi. CHempion umumiy 5 million 600 ming
dollarga ega chiqadi.
Eslatib o'tamiz, ushbu janglarga chiptalar 11 dekabr kunidan sotuvga chiqarilgan edi. CHiptalarni 50 evroga xarid qilish mumkin.
Fikrlar