09 dek 15:11
Yangiliklar
Boks/MMA
Usik - Briedis: CHiptalar narxi malum
Butunajahon boks superseriyasining yarim finalidan o'rin olgan birlashtiruvchi chempionlik jangi uchun chiqarilgan chiptalarning narxi malum qilindi.
CHiptalar 11 dekabr, dushanba kunidan sotuvga chiqariladi va uni 50 evroga xarid qilish mumkin bo'ladi. Unda WBO yo'nalishi chempiongi ukrainalik Aleksandr Usik (13-0-0, 11 KO) WBC chempionlik kamari sohibi latviyalik Mayris Briedisga (24-0-0, 18 KO) qarshi ringga ko'tariladi.
Ushbu jang 27 yanvar kuni Latviya poytaxti Riga shahrida
bo'lib o'tadi. Superseriyaning ikkinchi yarim final uchrashuvi esa 3 fevral kuni Sochi
shahrida rossiyalik Marat Gassiev hamda germaniyalik Yunier Dortikos o'rtasida
o'tkaziladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar