25 fev 11:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik chempionlik kamarini “Ovchi”dan himoya qiladi
Professional boksning birinchi og'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Aleksandr Usik (11-0, 10KO) o'zining navbatdagi jangini 8 aprel kuni o'tkazadigan bo'ldi.
Ukrainalik 30 yoshli chempion shu kuni AQSHning Merilend shtati Okson-Xill shahrida amerikalik 28 yoshli Maykl Xanter (12-0, 8KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.
Merilenddagi boks kechasining markaziy jangi ukrainalik jahon chempioni Vasiliy Lomachenko ishtirokida bo'lib o'tadi. U Jeyson Sosadan kamarini himoya qiladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar