25 iyu 18:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik kimni dunyoning eng kuchli bokschisi deb hisoblaydi?
Birinchi og'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik hamyurti Vasiliy Lomachenko hamda Lyuk Kempbell jangi haqida fikr bildirdi.
“Jangda Lomachenko yuz foiz favorit. Bo'lajak jangda Vasiliyning ringdagi harakatlarini kuzatmoqchiman. Lomachenko dunyoning eng kuchli bokschisi. Unga teng keladigan yo'q”,-dedi Usik.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko - Kempbell jangi 31 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar