29 jan 09:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik Klichkodan so'ng chempionlik kamarlarini birlashtirgan ikkinchi ukrainalikka aylandi
Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik latviyalik Mayris Briedisni mag'lub etib, og'ir vaznda WBO va WBC chempionlik kamarlarini birlashtirdi.
Bu natijasiga evaziga u Vladimir Klichkodan so'ng chempionlik kamarlarini o'z qo'lida birlashtirgan ikkinchi ukrainalik bokschiga aylandi. Klichko 2006 yilning aprel oyida Kris Berdni engib, raqibining IBF hamda vakant bo'lib turgan IBO kamarlarini qo'lga kiritgandi.
2008 yilning fevralida esa u rossiyalik Sultan Ibragimovni taslim etib, WBO chempioniga aylandi. 2011 yilda Klichko Devid Xeydan WBA kamarini ham tortib olgan.
SHu tariqa, Vladimir Klichko 2015 yilning noyabr
oyigacha, yani Tayson Fyuriga imkoniyatni boy berguniga qadar superog'ir vazn
toifasida WBO, WBA, IBF hamda IBO chempionlik kamarlarini o'zida saqlab turgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar