21 mar 13:20
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Usik PhD darajasini oldi
Superog'ir vazn toifasida WBC, WBA, WBO va IBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik (23-0, 14 KO) PhD darajasini oldi.
			Usikka huquq yo'nalishida falsafa doktori ilmiy darajasi berildi. Bokschi Xarkov Milliy Ichki ishlar universitetida (XNUIA) nomzodlik dissertaciyasini himoya qildi.
Usikning dissertaciya mavzusi — "Jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro hamkorlikni mamuriy-huquqiy qo'llab-quvvatlash" bo'ldi.
Malumot uchun, Aleksandr Usik 2021 yil oktyabr oyidan buyon Milliy Ichki ishlar universitetining aspirantura va doktorantura bo'limida tahsil oladi.
            Havola            :         
                    Manba                : ХНУВС
             
			
Fikrlar