12 noy 12:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik R4R reytingida Lomachenkoni ortda qoldirdi
Birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni Aleksandr Usik vazn toifasidan qatiy nazar, dunyoning eng kuchli bokschilari R4R reytingida uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Bu bilan ukrainalik bokschi vatandoshi, engil vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni Vasiliy Lomachenkoni ortda qoldirdi. Usik shanba oqshomida Manchester shahrida britaniyalik Toni Bellyuni nokautga uchratib, o'ziga tegishli bo'lgan chempionlik kamarlarini himoya qilgan edi.
Ushbu reytingda amerikalik Terens Krouford peshqadamlik qilyapti. Meksikalik Saul "Kanelo" Alvares ikkinchi o'rinni band etgan. Usik reytingning uchinchi pog'onasiga ko'tarildi. Keyingi o'rinlarni Gennadiy Golovkin, Vasiliy Lomachenko, Luis Neri, Entoni Joshua, Leo Santa Krus singari chempionlar egallashgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar