13 dek 09:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik - Sports Illustrated talqiniga ko'ra yil bokschisi!
Birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni Aleksandr Usik 2018 yilning eng yaxshi bokschisi deb topildi.
Usik Sports Illustrated talqiniga ko'ra yakunlanib borayotgan yilning eng yaxshi bokschisi bo'ldi. Ukrainalik jahon chempioni 2018 yilda latviyalik Mayris Briedis, rossiyalik Murat Gassiev, britaniyalik Toni Belyuni mag'lubiyatga uchratdi.
Bu bilan 31 yoshli bokschi birinchi og'ir vazn toifasidagi barcha - WBC, WBO, WBA, IBF chempionlik kamarlarini o'zida birlashtirdi. Og'ir vaznda The Ring kamariga ham ega chiqdi. Butunjahon boks superseriyasida g'olib bo'ldi.
Havola :
Fikrlar