21 dek 17:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik superog'ir vazn toifasidagi ilk jangini kimga qarshi o'tkazishi mumkinligi aytildi
Promouter Eddi Xirn Aleksandr Usik superog'ir vazn toifasidagi dastlabki jangini kimga qarshi o'tkazishi mumkinligini aytdi.
"Usik Dillian Uayt yoki Derek CHisoradan biriga qarshi ringga ko'tariladi. O'ylaymanki, Aleksandr aprel oyida Amerikada superog'ir vazn toifasida debyut qiladi. Usik yangi vaznda qanday natija ko'rsatishini xech kim bilmaydi", - dedi Xirn.
Eslatib o'tamiz, Usik iyul oyida Murat Gassievni mag'lubiyatga uchratib, birinchi og'ir vazn toifasining mutloq chempioniga aylangandi. Noyabr oyida esa u britaniyalik Toni Belyuni nokautga uchratdi.
Endi u barcha kamarlarni vakantga qoldirib, superog'ir vazn toifasiga o'tishni rejalashtirmoqda.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar