28 fev 18:48
Yangiliklar
Boks/MMA

"Usik superog'ir vaznda "shovqin" ko'taradi"
Amerikalik promouter Tom Leffler birinchi og'ir vaznda mutloq jahon chempioni Aleksandr Usikni superog'ir vazn toifasiga o'tganiga munosabat bildirdi.
"Ukrainadan superog'ir vazn toifasida kuchli bokschilar chiqqann. Aka-uka Klichkolar fikrimga isbot bo'la oladi. Aleksandr Usik ham o'sha darajaga chiqa oladi deb o'ylayman. U xeviveytda yaxshigina shovqin ko'taradi", - dedi Leffler.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Usik o'zining superog'ir vazndagi ilk jangini rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarshi o'tkazishni rejalashtirmoqda. Avvalroq ukrainalik bokschining promouterlaridan biri Eddi Xirn Usik - Povetkin jangi 18 may kuni AQSHning CHikago shahrida o'tkazilishi mumkinligini aytgan edi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar