24 jan 09:41
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/27325_220.jpg)
Usik va Briedis jangga bir hafta qolganda taroziga chiqishdi
Ukrainalik Aleksandr Usik hamda latviyalik Mayris Briedis o'rtasida o'tkaziladigan Butunjahon boks superseriyasi doirasidagi yarim final jangiga tobora oz fursat qolmoqda.
Ushbu jang Latviya poytaxti Riga shahrida bo'lib o'tadi. Jangga bir hafta qolgan bir paytda bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Unda Usik 93,5 kg, Briedis esa – 94 kg tosh bosdi.
Malumot uchun, jangga bir oy qolgan bir paytda o'tkazilgan
marosimda ukrainalik bokschining vazni 95,7 kg, latviyalik sportchining vazni esa 95,5
kg bo'lgandi. Bu vaznda belgilangan vazn meyori ko'pi bilan 91,7 kg bo'lishi lozim.
Bokschilar 5 kun ichida taxminan 3 kg vazndan xalos bo'lishlari shart.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar