28 jan 08:06
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/27631_220.jpg)
Usik vs Briedis. Superseriyaning ilk finalchisi malum
Latviya poytaxti Riga shahrida Butunjahon boks Superseriyasi doirasidagi dastlabki yarim final jangi o'tkazildi.
Unda birinchi og'ir vazn toifasida WBO chempioni ukrainalik Aleksandr Usik shu vaznda WBC yo'nalishi chempioni latviyalik Mayris Briedisga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Hakamlar 115-113, 115-113, 114-114 hisobidagi g'alabani ukrainalik bokschiga taqdim etishdi. Endi Usik ikki yo'nalish bo'yicha jahon chempioni!
Butunjahon Superseriyasining ikkinchi yarim final jangi 3 fevral kuni Rossiyaning Sochi shahrida bo'lib o'tadi. Unda rossiyalik Murat Gassiev kubalik Yuner Dortikosga qarshi ringga ko'tariladi. Final jangining may oyida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Havola :
Fikrlar