05 noy 13:48
Yangiliklar
Usik: "WBC kamarini olmagunimcha hech kim bilan jang qilmayman"
"Hozir jamoam Fyuri bilan gaplashish imkoniyatini qidirmoqda. U nima qilishini oldindan aytib bo'lmaydi. Fyuri hozircha jang qachon bo'lishini aytishga tayyor emas. Men fevral yoki mart oyining boshida jang qilishni rejalashtirgan edim. Men etiqodli xristianman va ro'za paytida jang qilmayman. SHuning uchun jang ro'zadan oldin yoki keyin bo'lishi kerak.
Fyuri bilan jang qilib, uning kamarini qo'lga kiritmoqchiman. WBC kamarini olmagunimcha hech kim bilan jang qilmayman. Tashkilotchilar qaerda ko'proq pul ishlashi mumkinligini aniqlashga harakat qilmoqda. SHaxsan men Ukrainada jang qilishni xohlayman. Lekin, joy tanlamayman, shuning uchun oxir-oqibat jang Saudiya Arabistonida bo'ladi deb o'ylayman", - deya Usikning so'zlarini keltiradi BoxingScene.
Fikrlar