09 noy 17:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik WBO chempionlik kamarini Mchunudan himoya qiladi
17 dekabr kuni AQSHning Kaliforniya shtati Inglvud shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi.
Forum arenasida o'tkaziladigan boks oqshomining qiziqarli janglarining birida birinchi og'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Aleksandr Usik (10-0, 9 KO) ilk himoya jangida ringga ko'tariladi.
Ukrainalik bokschining raqibi Janubiy Afrika Respublikasi vakili Tabiso Mchunu (17-2-0, 11 KO) bo'ladi. Ushbu boks oqshomini HBO telekanali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar