10 apr 07:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Usikdan so'ng yana bir bokschi superog'ir vaznga o'tadi
Birinchi og'ir vaznda IBF va WBA yo'nalishlarida sobiq jahon chempioni Murat Gassiev ham vazn toifasini o'zgartirmoqda.
Bu haqida uning murabbiyi xabar berdi.
«Hozircha Murat uyida shug'ullanmoqda. Bir necha haftadan so'ng AQSHga uchib ketadi va u erda tayyorgarlikni davom ettiradi. Uning vazni hozirda 100 kilogram atrofida. U shu vaznni ushlab turishi kerak. Menimcha superog'ir vazndagi debyut jangini iyun oyida o'tkazadi», - dedi murabbiy Vitaliy Slanov.
Eslatib o'tamiz, Gassiev oxirgi jangida mutloq jahon chempionligi uchun uchrashuvga Usikka imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar