06 fev 14:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Usikning navbatdagi jang sanasi rasman elon qilindi
Birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni Aleksandr Usik navatdagi jangini AQSHda o'tkazadi.
Ukrainalik jahon chempioni 18 may kuni ringga ko'tariladi. Bu malumotni Usikning promouterlaridan biri Eddi Xirn ham tasdiqladi. Lekin hozircha ukrainalikning raqibi malum emas.
Katta ehtimol bilan Usikning raqibi rossiyalik Denis Lebedev bo'ladi. Agar Aleksandr superog'ir vazn toifasiga o'tsa, u holda raqib tabiiy holatda ushbu divizion bokschisi bo'ladi.
Usikning jangi AQSHning ikki shahri - CHikago yoki Merilend shtatining Okson-Xill shahridagi “MGM National Harbor”da bo'lib o'tadi. Aleksandr superog'ir vaznda adashi Aleksandr Povetkinga qarshi ringga ko'tarilishi mumkin.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar