26 noy 11:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Usikning og'ir vaznda ikkitagina raqibi borligi aytildi
Birinchi og'ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni Aleksandr Usikning promouteri Eddi Xirnning aytishicha, ushbu divizionda faqat ikki raqib ukrainalik bokschiga munosib qarshilik ko'rsatishi mumkin ekan.
“Men birinchi og'ir vazn toifasida Usik uchun bor yo'g'i ikkita jang ko'ryapman, xolos. Andre Uord va Adonis Stivensongina ukrainalik chempionga munosib qarshilik ko'rsatishlari mumkin. Lekin Uord boksdan ketgan. Usik bilan jang uchun qaytadimi? Buni bilmayman.
Stivenson - yarim og'ir vaznli bokschi, lekin u birinchi og'ir vazn toifasiga o'tishini aytgan. Agar AQSHda Usik - Stivenson jangi o'tkazilsa, u ko'pchilik uchun qiziq bo'lardi. Yana bitta variant - Denis Lebedev bilan Rossiyada jang o'tkazish”, - dedi Xirn.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar