09 may 09:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Usikning o'rnini Maykl Xanter egallashi mumkin
Superog'ir vazn toifasida jahon chempionlik kamarlari uchun sobiq davogar Karlos Takam 25 may kuni katta ehtimol bilan amerikalik Maykl Xanterga qarshi jang o'tkazadi.
Aslida shu kuni Takam birinchi og'ir vazn toifasida sobiq mutloq jahon chempioni Aleksandr Usikka qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi. Ushbu jang Uchik uchun superog'ir vazndagi debyut jangi bo'lishi lozim edi. Lekin ukrainalik bokschi mashg'ulot chog'ida jarohat oldi.
Endi 25 may kungi jangda Karlos Takam Xanterga qarshi ringga chiqishi mumkin. Xanter ham Usik singari birinchi og'ir vaznda o'z janglarini o'tkazgan. 2017 yili WBO kamari uchun kechgan jangda aynan Usikka imkoniyatni boy bergan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar