So’nggi yangiliklar

10:05"Хоразм" "Нефтчи" билан ўйинда тарихий натижа қайд этди 0 09:34Қудратилло Абдуқаҳҳоров Австралияда камар учун жанг қилади 0 09:03"Боладан конфет олиб қўйишдек осон". Хирн Уайт билан можаро ҳақида гапирди 0 08:32Нодирбек Абдусатторов: “Кўп хатолар психологиядан келиб чиқади” 0 08:01Роналду Мессининг хайрлашув постига жавоб қайтарди 0 18:45UFC ходими Дана Уайтнинг Contender Series турниридан сўнг ташкилот билан жангчи сифатида шартнома имзолади 0 18:12Ботир Раҳимов теннис мактабидаги қурилиш ишлари билан танишди (ФОТО) 0 17:30Чисора фаолиятини якунламайди, у декабрь ойида рингга қайтади 0 16:51"Лугано" бош мураббийи Беҳруз Каримовнинг ҳолатига тўхталиб ўтди 0 16:18Сузиш: Тошкентдаги Жаҳон кубоги босқичида Олимпиада ва дунё биринчилиги чемпионлари қатанашади 0 15:502036 йилги Олимпиада учун эҳтимолий мезбонлар рўйхати маълум. Улар орасида Ҳиндистон, Қатар ва Туркия бор! 0 15:18WBA рейтинги янгиланди: Ҳасанбой Дўсматов қани? 0 14:47Жезуш Роналдунинг баёноти ҳақида: "Ҳозир уни ўқиб чиқмоқчиман, айтадиган гапим йўқ" 0 14:19Mағлубиятсиз UFC жангчиси Доғистонга бориб шуғулланиш нияти жиддий эканини айтди 0 13:53Ариэль Хельвани: "Шевченконинг UFC унвонидан воз кечиши ихтиёрий бўлмаган" 0

08 okt 09:03
Yangiliklar

Boks/MMA

"Boladan konfet olib qo'yishdek oson". Xirn Uayt bilan mojaro haqida gapirdi

Teglar :  Dana UaytEddi Xirn
Britaniyalik mashhur promouter Eddi Xirn UFC prezidenti va Zuffa Boxing asoschisi Dana Uayt bilan bo'lgan ziddiyat haqida o'z fikrlarini bildirdi.

— Jang haftasidagi matbuot anjumanlarida nima bo'ladi deb o'ylaysiz? U har doimgidek sahnaning markazida bo'ladimi?

— U faqat biz ruxsat bersakkina u erda bo'ladi. Mening bundan muammom yo'q. Aksincha, jang qanchalik katta shov-shuvga aylansa, shunchalik yaxshi. Hozir hamma shu haqda gapiryapti. Qaysi mamlakatda bo'lishimdan qati nazar, odamlar: "Eddi Danani er bilan yakson qildi", deyishyapti. Bu jang uchun foydali.

Rostini aytsam, uni matbuot anjumaniga chiqarishdan mamnun bo'lardim. Lekin bizga haqiqiy bahslashish imkoniyatini berishlari kerak. Agar kimdir mendan bitta savol so'rab qo'ya qolsa, bu qiziq bo'lmaydi. Men bilan u bir sahnada bo'lsa, tomoshabinlar haqiqiy shou ko'rishadi.


— Uni ko'rishingiz bilan birinchi nima der edingiz?

— Men bunday narsalarni oldindan rejalashtirmayman. O'sha paytda xayolimga nima kelsa, shuni aytaman. Boks sanoati haqida unga beriladigan savollar juda ko'p. Rostini aytsam, bu xuddi bolaning qo'lidan konfetini olib qo'yishdek oson bo'lardi.


— Yana bolalar haqida gapiryapsiz. Avval "bolalarni urish" degandingiz, endi esa "konfetini olish"?

— Yo'q, men bolalarni urmayman. Faqat bittasining konfetini olib qo'yaman, xolos. Menimcha, bu ancha yumshoqroq o'xshatish, — dedi Xirn Ariel Helwani YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing