13 okt 09:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Usikning superog'ir vazndagi debyut jangi yakunlandi + FOTO
Hozirgina CHikagodagi mashhur “Wintrust Arena”da super to'qnashuv o'z yakuniga etdi.
Kechaning markaziy jangida birinchi og'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik (17–0, 13 KO) amerikalik CHazz Uizerspun (38–4, 29 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi. Jang Usikning to'liq ustunligi ostida kechdi.
Uizerspun jang davomida ko'plab kuchli zarbalarni o'tkazib yubordi va buning natijasida uning murabbiylari ettinchi raund yakuniga etganidan so'ng bahsni to'xtatishga qaror qilishdi.
SHu tariqa, Aleksandr Usik superog'ir vazn toifasidagi debyut jangida chiroyli g'alaba erishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar