19 iyu 16:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Usman Konorga: Haqiqiy qirol kimligini yaxshi biladi
Yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usman Konor Makgregorga jang taklif qilgani haqida gapirib berdi.
“Unga jang taklif qilganman. Agar unga chempionlik jangi kerak bo'lsa, bemalol unga qarshi bahs olib borishimni aytdim. Javob esa kelmadi, u hech nima demadi. Konor mening vaznimda faqat kuchsiz jangchilarga qarshi bahs olib borishi uchun ko'tariladi.
Agar u yarim o'rta vaznning haqiqiy tamini bilmoqchi bo'lsa, haqiqiy qirol kim ekanligini yaxshi biladi. Men hech qaerga ketib qolganim yo'q”, - dedi Kamaru.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar