10 okt 12:05
Yangiliklar
Tennis

Uxan (WTA). Koko Goff bosh sovrin uchun yaqinlashyapti
Xitoyning Uxan shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirda 1/2 finalchilar aniqlandi.
Dunyoning uchinchi raketkasi Koko Goff 1/4 finalda xitoylik CHjan SHuayni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/2. Oltmish bir daqiqa davom etgan bahsda Goff 3, CHjan SHuay 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar amerikalikda bittaga ko'proq bo'ldi - 6 ga 5. Breyklar bo'yicha ustunlik 5 ga 2 ko'rinishida Goff foydasiga hal bo'ldi.
Endi Kori Goff final chiptasi uchun Laura Zigemundga qarshi kortga chiqadi. Germaniyalik tennischi 1/4 finalda polashlik Magdalena Frenxni qiyinchilik bilan 6/4, 7/6(2) hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar