09 iyu 04:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Uxlab qolmadingizmi? Madrimovning jangiga bir soatcha vaqt qoldi
Birozdan so'ng AQSHning Nyu-York shahridagi muhtasham "Medison Skver Garden" arenasida kutilgan professional boks oqshomi boshlanadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, jami 7 ta jang o'rin olgan kechaning 4-jangida hamyurtimiz Isroil Madrimov meksikalikalik Norberto Gonsalesga qarshi ringga ko'tariladi. Bokschilar ayni paytda o'zlari uchun ajratilgan xonada jangga tayyorgarlik ko'rishyapti.
CHamasi 1 soatu 20 daqiqalardan so'ng 10 raundga mo'ljallangan jang boshlanadi. Etiboringizga havola qilinayotgan surat qaynoqqina Nyu-Yorkdan jo'natilgan. Jang birinchi yarim o'rta vazn toifasida bo'lib o'tadi. Reja bo'yicha soat 05:30 da Sport telekanali jang translyaciyasini boshlaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar