05 noy 15:21
Yangiliklar
Futbol
"Uyat, sharmanda!" - Arteta hakamlikni jiddiy tanqid qildi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta APL doirasida "Nyukasl"ga qarshi o'yindagi hakamlikdan nolidi.
Ispaniyalik murabbiyning fikriga ko'ra, bosh hakam Entoni Gordonning golini bekor qilishi kerak edi. Kecha maydonda Styuart Etvell bosh hakamlik qildi.
"Uchrashuv yakuniy natijasi boshqacharoq bo'lishi mumkin edi. Faqatgina "Arsenal" g'alaba uchun harakat qildi.
O'tgan voqeliklarni ko'rish men uchun uyatli. Biz dunyoning eng yaxshi ligasidamiz va bu gol ushbu ligada bekor qilinmadi. SHarmanda! Bunday qarorlar hakamlik darajasi ligaga to'g'ri kelmayotganini bildiradi", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Havola :
Fikrlar