So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

22 apr 11:02
Yangiliklar

Kurash

Uychida O'zbekiston chempionati yakunlandi FOTOGALEREYA

19-21 aprel kunlari Namangan viloyati Uychi tumanidagi 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 1999-2000 yilda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston milliy belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi  mazkur chempiontda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyalardan 200 nafarga yaqin o'g'il-qizlar ishtirok etishdi. 

O'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishida 11 vazn toifasi, qizlar esa erkin yo'nalishda 7 ta vaznda o'zaro kuch sinashishdi. Murosasiz o'tgan bellashuvlarda quyidagi sportchilar g'oliblik shohsupasiga ko'tarilishdi.

Klassik yo'nalish (o'g'il bolalar)

50 kg. Jasurbek Ismoilov (Namangan), 55 kg. Kamronbek Ortiqov (Andijon), 60 kg. Umidjon Umataliev (Namangan), 66 kg. Xolmirza Hasanboev (Toshkent), 73 kg. 1. Sardorbek Madaminov (Namangan), 81 kg. Rahmatilla Anvarjonov (Farg'ona), 90 kg. Sardor To'laev (Toshkent v.), 100 kg. Sanjar Tursunaliev (Toshkent v.), +100 kg. Otabek Asomov (Toshkent ).  

Erkin  yo'nalish (qizlar)

48 kg. Kamolaxon Habibullaeva (Andijon), 52 kg. Madinaxon Nabieva (Farg'ona), 57 kg. Manzuraoy Mo'ydinova (Farg'ona), 63 kg. SHoira Qalandarova (Xorazm), 70 kg. Dilafro'z Mamajonova (Namangan), 76 kg. Zeboxon Nosirova (Namangan), +76 kg. Nasiba Abdalova (Q.Q.R).

Erkin yo'nalish (o'g'il bolalar)

50 kg. Umidjon Mirzaabdullaev (Namangan), 55 kg. Islombek Mahmudov (Namangan), 60 kg. Muxtor Ahmadjonov (Namangan), 66 kg. Anvarbek Rahimov (Buxoro), 73 kg. SHaxboz Rahimov (Namangan), 81 kg. Asadbek Ismonov (Andijon), 90 kg. Ilyosbek Obidjonov (Farg'ona), 100 kg. Doston Sotivoldiev (Namangan), +100 kg. Otabek Abduolimov (Namangan).

Musobaqa yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal  hamda esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.   

Qodir ERNAZAROV, Samarqand viloyati Toyloq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati belbog'li kurash murabbiyi, belbog'li kurash bo'yicha jahon chempionati sovrindori: 

- Uychi tumanida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida shogirdlarimizdan Husniddin Jahonov va Avazbek Abdumajidov sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Milliy sport turlarimizdan bo'lgan belbog'li kurash yoshlarimiz orasida yanayam ommalashib borayotganini bugungi bellashuvdan ham sezish mumkin.  Viloyatimizda ham ushbu sport turiga oshno bo'lgan polvonlarimiz milliy va xalqaro musobaqalarda kuchlilar qatoridan joy olishmoqda. Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rilganini alohida etirof etish kerak. Tashkilotchilarga polvonlarimiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz.     

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing