30 mar 16:41
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uzbek Tigers" - "Astana Arlans". Ertaga vazn o'lchash marosimi bo'lib o'tadi
1 aprel kuni "Uzbek Tigers" bokschilari Qozog'istonning "Astana Arlans" jamoasiga qarshi jang qiladilar.
Ertaga "Grand Mir" mehmonxonasida jamoa bokschilari ishtirokida vazn o'lchash marosimi bo'lib o'tadi.
Undan so'ng esa murabbiylar ishtirokida matbuot-anjumani o'tkaziladi.
1 aprel kungi janglarda esa quyidagi to'qnashuvlar guvohiga aylanishimiz mumkin:
- 49 kg: Hasanboy Do'smatov (Olimpiada chempioni) - Temirtas Jusupov (Osiyo chempioni)
- 56 kg: Abdulhay SHorahmatov (O'zbekiston chempioni) - Ilyos Suleymenov (Osiyo o'yinlari g'olibi)
- 64 kg: Elnur Abduraimov (Jahon chempionati sovrindori) - Dilmurod Mijitov (Qozog'iston chempionati sovrindori)
- 75 kg: Isroil Madrimov (Osiyo o'yinlari sovrindori) - Saparbay Aydarov (Qozog'iston chempioni)
- 91 kg: Zuhriddin Mahkamov (O'zbekiston chempioni) - Anton Pinchuk (Osiyo o'yinlari g'olibi)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar