28 mar 11:57
Yangiliklar

"Uzbek Tigers" - "Astana Arlans". Tarkibimiz malum
Guruhning mazkur markaziy jangida ringga ko'tariluvchi "O'zbek yo'lbarslari" jamoasi tarkibi malum bo'ldi. SHu kuni -49, -56, -64, -75 hamda -91 vazn toifalarida janglar tashkil etiladi.
"Uzbek Tigers" jamoasi tarkibi:
-49 kg. Hasanboy Do'smatov
-56 kg. Abdulhay SHorahmatov
-64 kg. Elnur Abduraimov
-75 kg. Isroil Madrimov
-91 kg. Zuhriddin Mahkamov
Ketma-ket ikki g'alabadan so'ng "O'zbek yo'lbarslari" jamoasi 6 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi. Guruh peshqadami "Astana Arlans" hisobida esa 12 ochko bor.
1 aprel kungi raqiblarimiz guruhdan chiqish masalasini muddatidan oldin hal qilishgan. Har bir guruhdan ikkitadan jamoa 1/4 finalga yo'llanma oladi.
4 ta jangdan keyin guruhdagi vaziyat:
1. Astana Arlans - 12 ochko
2. Uzbek Tigers - 6 ochko
3. Patriot Boxing Team - 4 ochko
4. China Dragons - 3 ochko
Fikrlar