24 mar 09:45
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uzbek Tigers" "Astana Arlans"ga qarshi qaysi tarkibda ringga chiqishi mumkin?
1 aprel kuni "Uzbek Tigers" vakillari Qozog'istonning "Astana Arlans" klubi bokschilariga qarshi jang qiladi.
O'sha kuni jangda S1 jamoamiz ishtirok etishi lozim. Ushbu jamoada -49, -56, -64, -75, -91 vazn toifasidagi bokschilar jang qilishadi.
Avvalgi janglardan kelib chiqqan holda qozog'istonlik bokschilarga qarshi quyidagi sportchilarimiz ringga chiqishlari mumkin:
OLAMSPORT.COM taxmini:
Hasanboy Do'smatov (zaxira varianti - Mironshox Ibragimov)
Abdulhay SHorahmatov (zax. SHahobiddin Zoirov)
Elnur Abduraimov (zax. Iqboljon Xoldorov)
Isroil Madrimov (zax. Mahmud G'oipov)
Boburbek Yo'ldoshev (zax. Sardorbek Begaliev)
Jangda ishtirok etadigan tarkib kelasi hafta murabbiylar tomonidan elon qilinadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar