31 mar 16:40
Yangiliklar

"Uzbek Tigers" bosh murabbiyi To'lqin Qilichev finalda ham qozog'istonlik bokschilarga to'qnash kelishga qarshi emas
"Biz barcha raqiblarga qarshi jang oldidan tayyorgarlik qilamiz. Barchasi reja asosida kechadi. Qaysidir raqiblar uchun alohida kuch bilan tayyorlanmaymiz.
O'ylaymanki, ertaga yigitlar o'zlarining eng zo'r janglarini o'tkazadilar. Ushbu to'qnashuv uchun tayyorgarlik ko'ngildagidek kechdi. Nasib qilsa, ertangi janglarda g'olib chiqib, muxlislarimizni xursand qila olamiz.
Finalda ham "Astana Arlans" bilan uchrashishni istaymanmi? Albatta. Bunga qarshi bo'lmagan bo'lardim. Balki, mavsum oxirida final jangini aynan shu erda o'tkazib, huddi shu insonlar ishtirokida matbuot anjumani o'tkazarmiz", - deydi To'lqin Qilichev.
O'z o'rnida qozog'istonlik bokschilar murabbiyi ham o'zbek hamkasbining bunday taklifiga qo'shilishini aytib o'tdi.
Fikrlar