So’nggi yangiliklar

10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0

18 mar 18:47
Yangiliklar

Boks/MMA

"Uzbek Tigers" - "China Dragons" 5:0. Bokschilarimizda yuz foizlik g'alaba!

"Uzbek Tigers" bokschilari Butunjahon boks seriyasi VII mavsum doirasidagi to'rtinchi janglarini o'tkazishdi.

Unda bokschilarimiz 5ta jangning barchasida raqiblarini katta ochko farqi bilan mag'lubiyatga uchratishdi. Endi 1 aprel kuni "Uzbek Tigers" bokschilari Toshkentda "Astana Arlans" jamoasini qabul qilishadi. 


Matnli translyaciya

20:47. Jang muddatidan avval yakunlandi. Uchinchi raund o'rtalarida xitoylik bokschining murabbiylari mag'lubiyatni tan olgan holda ring markaziga sochiq tashlashdi.

20:45. Bir ovozdan hakamlar yana 10:9 hisobidagi ustunlikni Jalolovga berishdi 

20:44. Ikkinchi raund yakunlandi. Bu raundda ham Bahodirning ustunligi sezilib turdi.

20:40. Uchchala hakam ham 10:9 hisobidagi bir xil g'alabani bokschimizga taqdim etdi 

20:39. Birinchi raund yakunlandi. Unda bo'y jihatdan raqibidan balandroq bo'lgan Jalolov ustunlikka ega bo'ldi

20:34. Oqshomning so'nggi jangiga ham navbat etib keldi. Eng og'ir +91 kg vazn toifasidagi bokschilar ringga chiqishdi. Hamyurtimiz Bahodir Jalolov CHin yurti vakili Xaipeng Muni sinovdan o'tkazadi

20:31. Taxmin qilganimizdek, Bektemir raqibini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi

20:27. Bektemir birinchi raundni yaqqol ustunlik bilan yakunladi. Zarvorli zarbalari bilan raqibini muvozanatdan chiqara olishga erishdi. Katta ehtimol bilan jang oxirigacha davom etmaydi. Yani, muddatidan avval yakunlanadi. Hakamlarning ochkolari 10:9, 10:9, 10:8.

20:22. Endi navbat -81 kg vazn toifasidagi bokschilarga. Bu vaznda Rio Olimpiadasi kumush medali sovrindori Bektemir Meliqo'ziev ringga ko'tariladi. Uning raqibi Jiabin Xuang bo'ladi.

20:20. Va albatta, Krishtianu Ronalduga xos harakat. Rio Olimpiadasi yodingizga tushib kettimi  

20:19. Jang yakunlandi. SHahram G'iyosov katta ustunlik bilan raqibidan ustun keldi. 

20:14. To'rtinchi raund ham yakunlandi. Tabiiyki, bu uch daqiqalikda hamyurtimiz katta ustunlikka ega bo'ldi.

20:12. SHahramning kuchli zarbasidan so'ng referi hisobni ochdi. Jang davom etadi

20:10. Uchinchi raund ham yakuniga etdi. Bu raund avvalgilariga qaraganda ancha shiddatli kechdi. Bokschilar o'zaro zarbalarni almashib olishdi. Hisob esa yana o'sha ko'rinishda bo'ldi - 10:9, 10:9, 10:8, bokschimiz foydasiga 

20:06. Ikkinchi raund ham yakunlandi. Bu 3 daqiqalikda ham hamyurtimiz raqibiga nisbatan ustunlik qildi. Xuddi birinchi raundda bo'lgani kabi bu safar ham hakamlar 10:9, 10:9. 10:8 hisobida G'iyosovning foydasiga qaror chiqarishdi

20:04. SHahramdan Ronalduga xos harakatlarni ko'ryapmiz

20:02. Birinchi raund 10:9, 10:9. 10:8 hisobida G'iyosovning foydasiga hal bo'ldi

19:59. Navbat Rio Olimpiadasi kumush medali sovrindori SHahram G'iyosovga

19:54. Ikkinchi vakilimiz ham o'z jangini g'alaba bilan yakunladi. Murodjon Ahmadaliev xitoylik bokschi Sen Vangni mag'lubiyatga uchratdi.  

19.52. So'nggi beshinchi raundda xitoylik bokschi mo'jiza ko'rsata olmayapti.  

19.50. To'rtinchi raund ham bokschimizning g'alabasi bilan yakunlandi. Hakamlarning barchasi 10:9 hisobida Rio Olimpiadasi sovrindorining g'alaba qozonganini qayd etishdi.  

19:45. Uchinchi raundda Murodjon raqibini katta ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratdi. Hakamlarning barchasi 10:8 hisobida hamyurtimizning g'alabasini taminlashdi.


19:40. Eslatib o'tamiz, janglarda Turkiya, SHri-Lanka, Angliya va Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan hakamlar ishlamoqdalar.


19:35. Murodjon Ahmadaliev o'z jangini boshladi!


19:31. Jangda 50:44, 50:45, 49:45 hisoblarida bokschimiz g'alaba qozondi! Hisob 1:0! "O'zbek yo'lbarslari" oldinda!


19:30. Beshinchi raundda ham bokschimiz g'alaba qozondi!


19:25. Qoyil! Ushbu raundda bokschimiz yaqqol ustunlik bilan g'alaba qozondi. U xattoki raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ya oldi!


19:21. Uchinchi raund ham Abror foydasiga!


19:17. Ikkinchi raund to'liq Abrorning ustunligi ostida kechdi.


19:13. Birinchi raund 2:1 hisobida bokschimiz foydasiga hal bo'ldi. Yaxshi!


19:09. Jang boshlandi! Olg'a, Abror!


Birinchi bo'lib -52 kg vazn toifasida Abrorjon Qodirov Yong CHangga qarshi jang qiladi! Sportchilar ringga chiqib kelmoqdalar!


Ayni paytda jamoalar azolari tanishtirilmoqda!


Bugun biz quyidagi qarama-qarshiliklar guvohiga aylanamiz:

Abrorjon Qodirov - Yong CHang(-52 kg)

Murodjon Ahmadaliev - Sen Vang (-60 kg)

SHahram G'iyosov - Vei Liu (-69 kg)

Bektemir Meliqo'ziev - Jiabin Xuang (-81 kg)

Bahodir Jalolov - Xaipeng Mu (+91 kg)


Assalomu alaykum sport ishqibozlari. "O'zbek yo'lbarslari"ning xitoylik raqiblariga qarshi janglaridan matnli translyaciyani boshlaymiz!

Reyting: +1   

Fikrlar

+2   
18 mar 21:06:45
MuxlisUZB#
Kim yo'lbarslarga buyurtma bergandi? ))) Olg'a O'ZBEGIM Xalq sen bilan!!!
+1   
18 mar 21:10:03
MuxlisUZB#
Bahodirni tanqid qilgan qo'llab turganlar Shahramni tanqid qilganlar qo'llab quvvatlaganlar barchaga G'alaba muboraK!!!!!
+1   
18 mar 21:08:39
MuxlisUZB#
ShG7:oyoqlarimga qara endi ha ana shunday endi chiqib ket vaqting bo'ldi)))
+1   
18 mar 21:07:28
MuxlisUZB#
BektemirM: vu-tu-tu shirin bola ekanmi))))
+1   
18 mar 21:06:20
Husniddin Mirzaliyev
Hammasini jonli ko'rdim barakalla azamatlar!!!
+1   
18 mar 20:59:45
Farxodjon
Офаринг,хитойликла шок холатига тушиб колди.
+1   
18 mar 19:09:18
ABUXASAN
bektemurdan 1-raunda nokaut kutamiz
+1   
18 mar 18:58:02
Farxodjon
Муроджон сиздан факат галаба кутамиз укам.
+1   
18 mar 18:56:32
EAbdumalik
Uzbekistan OLG`AAAAA!!!!
   
18 mar 21:30:00
BOBURSHOH
Qoyil boshqa gapga hojat yuq Tigirlarga omad
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing